Chrome CSS'da if()
funksiyasini support qilishni boshladi
Photo Credits: Chrome For Developers
if()
funksiyasi CSS spetsifikatsiyasining bir qismidir va the if()
notation bo‘limida tasvirlangan. Bu standartning bir qismi bo‘lsa-da, hozircha faqat loyihalash (draft) bosqichida. Chrome birinchi bo‘lib ushbu funksiyani qo‘llab-quvvatlashni boshladi.
Sintaksis
if()
funksiyasi shartli qiymatlarni qisqa tarzda ifodalash imkonini beradi. U bir nechta shart-qiymat juftliklarini qabul qiladi, ular nuqtali vergul bilan ajratiladi.
Funksiya har bir shartni ketma-ket baholaydi va birinchi marta rost (true) deb baholangan shartga mos qiymatni qaytaradi. Agar hech bir shart rost bo‘lmasa, funksiya bo‘sh token oqimini qaytaradi.
Sintaksis:
selector {
color: if(
style(<shart>): <qiymat>;
style(<yana-bir-shart>): <qiymat>;
else: <qiymat>;
);
}
Misol:
div {
color: var(--color);
background-color: if(
style(--color: white): black;
else: white
);
}
.dark {
--color: black;
}
.light {
--color: white;
}
Bu zo‘rmi?
Ha, albatta! Biz JavaScript'da pattern matching'ni kutayotgan bir paytda, bu CSS'ga allaqachon qo‘shildi.
Lekin bu nimasi bilan zo‘r? if()
CSS'da ifoda (expression) hisoblanadi, ya'ni u ichidagi ifodaning natijasini qaytaradi. JavaScript'dagi if esa boshqaruv konstruksiyasi bo‘lib, ifoda emas. Shu sababli u ko‘proq ternar operator (?:) ga o‘xshaydi, klassik if'ga emas.
Brauzerlar tomonidan support
Ushbu post yozilgan vaqtda, if()
funksiyasi Chrome 137-versiyasi va undan yuqorilarida qo‘llab-quvvatlanadi. Boshqa brauzerlar hali shoshilmayapti. Firefox jamoasi bu yerda, Apple foydalanuvchilari esa shu yerda.